Xoel Kempbell: Arsenalga yordam bera olaman

Narzulla Saydullayev
10 sen 2014
Arsenal hujumchisi Xoel Kempbell jamoaning asosiy tarkibiga kirish uchun kurashishini ma'lum qildi.
Eng bosh raqibim o'zim. O'z ustimda ishlab kuchayishim kerak. Arsenalda ko'p imkoniyatlarga ega bo'laman.

O'ylashimcha, jamoaga tezlik, gollar, driblinglarim bilan yordam bera olaman. O'ngda, chapda, markazda ham o'ynay olaman.

Murabbiy qayerda o'ynashimni istasa shu yerda o'ynayman. Qaysi joyda harakat qilsam ham o'zimning eng kuchli futbolimni ko'rsataman, - deydi Kempbell.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru