Xitoylik Vu Ley Ispaniyada koronavirusga chalindi

Alisher
21 mar 2020
"Espanol"ning xitoylik yarim himoyachisi Vu Leyning koronavirus uchun topshirgan testlari ijobiy chiqdi.

28 yoshli futbolchi Ispaniyada koronavirus infekciyasini yuqtirib oldi. U hozirda Barselonadagi uyida karantinda.

Futbolchida kasallikning engil alomatlari bor. U davolanish jarayonida. Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) yarim himoyachining kasalligidan xabardor va kerakli yordamni ko'rsatadi.

Vu Ley Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida o'ynayotgan yagona xitoylikdir. Endi u koronavirusga chalingan ilk xitoylik professional futbolchi ham bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: scmp.com