

Xabar qilinishicha, xitoyliklar 30 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun 50 million evro taklif qilishgan. Biroq, Falkaoning o'zi faoliyatini Osiyoda davom ettirishni istamayapti.
Falkao bir necha omadsiz mavsumdan so'ng yana o'ziga kelmoqda: "Monako" futbolchisining hisobida ayni paytda 19 ta o'yindan so'ng 16 ta gol mavjud.



