

"Guanjou Fuli" maydoniga tashrif buyurgan "Shanxay SIPG" 2:2 hisobida murosa yo'lini tanladi. Barcha gollar uchrashuvning ikkinchi bo'limida kiritildi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov maydonda to'liq 98 daqiqa harakat qildi. Ushbu o'yinda shanxayliklar safiga yangi kelib qo'shilgan Marko Arnautovich ham gol urdi.
Ayni paytda Odil Ahmedov jamoasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.




