Xitoy – O'zbekiston o'yini jonli efirda olib berilmaydimi?!

Aziz Tukhtamuradov
28 avg 2017, 16:03
Ma'lumki, 31 avgust kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Xitoy terma jamoasiga qarshi safarda maydonga tushadi.

Ushbu o'yin to'g'ridan-to'g'ri mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish yo'lida o'zining dolzarbligi bilan ahamiyatlidir.

Xabaringiz bor, 31 avgust kuni soat 16:00 dan Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayramiga bag'ishlangan tadbir boshlanadi. Xitoy – O'zbekiston o'yini esa Toshkent vaqti bilan soat 17:00 ga belgilangan.

Terma jamoalar o'rtasidagi uchrashuv "Sport" telekanali orqali yozib olingan holda, bayram tantanalari tugashi bilan (soat 18:30 larda) efirga uzatiladi.

Eslatib o'tish kerak, efir vaqtiga o'zgartirishlar ham kiritilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uzbekistan24.uz