

"Shanxay Shenxua" jamoasi ilk uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuv oxirigacha g'alaba uchun kurashdi. O'yin 3:2 hisobida "Shanxay SIPG"ning g'alabasi bilan yakunlandi, biroq ilk uchrashuvda o'tkazib yuborilgan bitta gol "Shanxay Shenxua" Xitoy Kubogi g'olibi bo'lishini taminladi.
"Shanxay SIPG" - "Shanxay Shenxua" 3:2 (birinchi o'yin 0:1)
Gollar: Lu Venjun 15, Xalk 72, Moreno 77 (avtogol) - Sao Yunding 44, Obafemi Martins 68.







