Xitoy klubi Maskeranoga 7 mln. evro maosh taklif qildi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2017, 12:52
"Barselona" himoyachisi Xaver Maskeranoga Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubi qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy klubi rahbariyati argentinalikka "toza" 7 mln. evrolik maosh taklif qildi, "Barselona" esa 6 mln. evro. Maskerano JCH-2018 oldidan o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani uchun Kataloniya klubidan ketmoqchi.

Oldinroq, "Barselona" Maskeranoni 10 mln. evroga sotmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo