Xitoy chempionatiga muxlislarni kiritish boshlandi

Xayrulla Xoliqov
23 avg 2020
Xitoy Superligasi davom etayotganidan xabaringiz bor.

Sekin-asta Xitoyda ham pandemiya ortga chekinib odamlar odatiy hayot tarziga qaytmoqda. Endilikda Xitoy Superligasiga oz ozdan muxlislarning kirishiga ruxsat berildi. Xususan "Shanxay SIPG" - "Beyjing FK" bahsini stadionda 2000 tomoshabin kuzatib bordi. 

Ma'lumki, "Shanxay SIPG" safida hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradi. Jamoa bosh murabbiyi Vitor Pereyra muxlislarni ko'rib shunday dedi: "Albatta, stadionda o'z muxlislarimizni ko'rganimizdan xursandmiz. Chunki ishqibozlarsiz futbol, futbol emas. Jamoamizning har bir g'alabasida muxlislar muhim ahamiyat kasb etadi".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com