Xitoy. Chempionat bir oydan so'ng boshlanishi mumkin

Alisher
17 mar 2020, 13:13
Xitoyda koronavirusga chalinish holatlari kundan-kunga kamayib bormoqda.

Xitoy futbol assotsiatsiyasi mamlakat chempionatini 18 apreldan boshlashni rejalashtirmoqda.

Epidemiya tarqalishi bo'yicha "chin yurti" yuqori darajadan o'tib oldi. Kasallikka chalinganlarning 84% tuzaldi.

Eslatib o'tamiz, Xitoy chempionati 22 fevral kuni start olishi kerak edi, ammo o'yinlar koronavirus sabab noma'lum muddatga qoldirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail