"Xetafe" "Real" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Alisher
6 avg 2020
"Real" vingeri Braim Dias yana "Xetafe" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

"Ko'klar" futbolchini ijaraga olishni xohlashmoqda. Bu ma'lumotni klub prezidenti Anxel Torres ham tasdiqladi.

"Xetafe" yanvarda ham Diasni ijaraga olishga urinib ko'rgandi. Futbolchi "Real"da qolishga qaror qildi, ammo etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi.

Braim Dias joriy mavsum La Liga doirasidagi 6ta o'yin (barchasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan)da maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN