"Xetafe" prezidenti Yevropa Ligasi o'yinlarining qachon bo'lib o'tishini aytdi

Alisher
8 may 2020, 17:40
"Xetafe" prezidenti Anxel Torres Yevropa Ligasi o'yinlari bo'yicha aniqlik kiritdi.

Eslatib o'tamiz, ispan klubi Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida Milanning "Inter" jamoasi bilan o'ynaydi.

Uning so'zlariga ko'ra, UEFA ushbu bosqichdagi birinchi o'yinlarni 2-3 avgust kunlari o'tkazishni rejalashtirmoqda, javob o'yinlari esa 6-7 avgustda bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, u stadionda muxlislarning bo'lmasligini aytdi.

Torres shuningdek evrokubok o'yinlarining neytral stadionlarda bo'lib o'tishi mumkinligini aytdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com