"Xetafe" "Atletiko" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
14 iyun 2022, 10:38
"Xetafe" "Atletiko" yarim himoyachisi Daniel Vassga qiziqmoqda.

Klub "Atletiko"ga 33 yoshli daniyalikning transfer bozoridagi holati bo'yicha so'rov yubordi.

Vass "Atletiko"ga "Valensiya"dan 2022 yilning yanvarida o'tgan edi. U Madrid jamoasi safida faqatgina bitta o'yinda harakat qildi - 6 fevral kuni "Barselona" (2:4)ga qarshi o'yinda zaxiradan tushib jarohat oldi.

Transfermarkt futbolchini 6 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca