Xerardo Martino: Milan bilan durang yaxshi natija

Narzulla Saydullayev
23 okt 2013, 09:39
Barselona ustozi Xerardo Martino YCHL 3-turi doirasidagi Milanga qarshi safardagi o'yindan (1:1) so'ng quyidagi fikrlarni bildirdi.
Pley-offga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolish uchun bugungi natija etarli. Agar o'yinga e'tibor qilsak, biz ko'prog'iga loyiq edik.

O'yinni yaxshi boshlay olmadik va oqibatda gol o'tkazib yubordik. Robino va Kaka dastlabki daqiqalarda bizga katta qiyinchiliklar tug'dirishdi. Ammo gol urib olganimizdan so'ng bizda g'alaba to'pini kiritish uchun 4-5 ta imkoniyat bo'ldi.

Endi Realga qarshi o'yinga tayyorlana boshlaymiz, – deydi Martino.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru