XCHK. “Tottenhem” “bo'rilar”ni “g'ajib” tashladi

26 iyul 2018, 09:34
AQSHda davom etayotgan Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasida “Tottenhem” “Roma”ni yirik hisobda taslim etdi.

Londonliklar safida birinchi bo'limning o'zidayoqda Fernando Lorente va Lukas Moura “dubl”ga erishdi. Italiyaliklarning yagona goliga Patrik Shik mualliflik qildi. 

“Tottenhem” musobaqa doirasida keyingi bellashuvni 29 iyul kuni “Barselona”ga qarshi o'tkazadi. “Roma” ham keyingi bellashuvni kataloniyaliklarga qarshi 1 avgustda o'tkazadi.

Roma Italiya – Tottenxem Angliya 1:4 (1:4, 0:0)

Gollar: 1:0 – 3 Shik, 1:1 – 9 Lorente, 1:2 – 18 Lorente, 1:3 – 28 Lukas Moura, 1:4 – 44 Lukas Moura.

Roma – Mirante (Fuzato, 83), Pellegrini (Byanda, 72), Jezus (Markano, 58), Manolas, Santon (Florenci, 83), Kristante (Chorich, 59), Gonalon (de Rossi, 59), Under (Klyuyvert, 52), Pastore (Strotman, 59), Perotti (Pellegrini, 58), Shik (Djeko, 58).

Tottenxem –Vorm (Gassaniga, 63), Uoker-Piters (Georgiu, 83), Devis, Karter-Vikers, Eymos (Marsh, 84), Lukas Moura (Nkudu, 82), Lamela (Sanches, 77), Sissoko, Eriksen (Skipp, 63), Ore, Lorente (Son Xyn Min, 63).

Ogohlantirish: Pellegrini (34).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia