Xayriya o'yini. “Barselona” va “Man Siti” o'rtasidagi bahsda 6 ta gol urildi

Eldor Akmurzayev
25 avg 2022, 08:15
“Kamp Nou”da “Barselona” hamda “Manchester Siti” o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yindan tushgan mablag' amiotrofik lateral skleroz bilan kasallanganlarni davolash uchun sarflanadi. Ushbu kasallik 2020 yil, iyunda kataloniyaliklar sobiq darvozaboni va murabbiyi Xuan Karlos Unsueda qayd etilgandi.

"Barselona" Ispaniya – "Manchester Siti" Angliya 3:3 (1:1, 2:2)

"Kamp Nou"

Gollar: 0:1 – 21 Alvares, 1:1 – 29 Obameyang, 2:1 – 66 de Yong, 2:2 – 70 Palmer, 3:2 – 79 Depay, 3:3 – 90, penalti Marez.

"Barselona" – Penya (Tenas, 81), Serdji Roberto (Dest, 81), Pike (Erik Garsiya, 57), Kunde (Kristensen, 81), Alba (Balde, 57), Buskets (Pyanich, 72), Kessie (Gavi, 57), de Yong (Torre, 72), Obameyang (Depay, 57), Rafinya (Ez Abde, 72), Ferran Torres (Fati, 46).

"Manchester Siti" – Ortega, Lyuis (Joau Kanselu, 46), Uoker (Stounz, 46), Ruben Diash (Mbete, 64; Bobb, 90), Serxio Gomes (Uilson-Esbrand, 46), Bernardu Silva (de Bryuyne, 64), Fillips (Rodri, 57), Palmer, Foden (Gyundogan, 65), Marez, Alvares (Xoland, 72).

Ogohlantirish: Palmer (74).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia