

"MLS va Xitoy chempionatini hurmat qilgan holda shuni aytishim mumkinki, Runi bunga tayyor emas. Balki ikki-uch yildan so'ng bo'lishi mumkindir, ammo hozir emas. Bunday sifatlarga ega futbolchi Yevropa ligalarida o'ynashi lozim. U hali "Manchester Yunayted"ga foyda keltira oladi, ammo klub va futbolchi xayrlashishni istashsa, Yevropa grandlari unga taklif yuborsa bo'ladi" - deydi Xavi.



