Xavining diskvalifikaciyasi bo'yicha apellyaciya rad etildi

Omonjon To`xtamirzayev
28 mar 2024
"Barselona"ning jamoa bosh murabbiyi Xavining ikki o'yinlik diskvalifikaciyasi bo'yicha bergan apellyaciyasi rad etildi.

Shunday qilib, mutaxassis "Las-Palmas" va "Kadis"ga qarshi bellashuvlarni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Xavi 29-tur doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida hakamning qarorlaridan noroziligini ochiqdan-ochiq namoyish qilgani uchun "qizil kartochka olgandi".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport.es