Xavining "Barselona" bilan yangi shartnomasi qancha muddatga tuziladi?

Sherzod Nurmatov
13 apr 2023, 10:57
Tomonlar hamkorlikni davom ettiradilar.

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan kelishuvni uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2026 yilning iyunigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolaydi. Mutaxassisning Kataloniya klubi bilan amaldagi bitimi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

Avvalroq Xavi "Daily Mail" talqinida futbolchilik faoliyatini yaqinda tugatganlar orasida eng yaxshi murabbiylik faoliyatiga ega ekanligi ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira