Xavi yozda Barselonadan ketadi. Kataloniya klubi uning o'rniga uch nafar nomzodni ko'rib chiqmoqda

Khoja
18 may 2024, 09:24
Barselona bosh murabbiyi Xavi mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etadi.

Klub prezidenti Joan Laporta shunday qarorga kelgan. Shuningdek, prezident Xavining o'rniga kelishi mumkin bo'lgan uch nafar nomzod bilan muzokara o'tkazishni ham boshlagan. Ma'lumotlarga qaraganda, Xavining o'rnini Portu ustozi Serjiu Konseysau, Hans-Diter Flik va ayni vaqtda Barselona yoshlari bilan ishlayotgan Rafael Markes egallashi mumkin.

Avvalroq, Xavi Kataloniya klubining moliyaviy jihatdan Real va Yevropaning yetakchi klublari bilan raqobatlasha olmasligi haqida gapirgandi va bu Laporta bilan orada sovuqchilik paydo qilgan. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com