Xavi va Rafinyaning diskvalifikaciya muddati ma'lum

Sherzod Nurmatov
17 avg 2023, 10:40
"Barselona" "Xetafe" bilan o'yinda (0:0) nafaqat ikki ochkoni, balki keyingi turlarda Xavi va Rafinyani ham yo'qotdi.

"Barselona" ustozi va kataloniyaliklar vingeri ikkitadan o'yinga chetlatilgan.

Xavining chetlashtirilishi uzoqroq vaqt talab qilishi mumkin edi. Negaki, "Barselona" ustozi chetlatilganidan keyin tribuna ostidagi yo'lakda qoldi va o'yindan keyin hakamlarni keskin tanqid qildi.

Rafinya raqibning boshiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi. O'shanda braziliyalik ogohlantirish olgan edi, ammo to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka tufayli uchrashuvni yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BeSoccer