Xavi: "Runiga hayratlanaman. Ajoyib pleymeyker bo'lish uchun unda hamma narsa bor"

Aslanov Jasurbek
28 okt 2015, 17:12
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Al-Sadd" sharafini himoya qilayotgan Xavi "Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi haqida fikr bildirdi.

"Ueyn Runining o'yinidan uzoq vaqt rohatlanganman. U fantastik sifatlarga ega. Runi hozir ham maydonda juda ko'p ishni bajara olishiga ishonaman, ammo u yangi shartlarga ko'nikishi kerak.

MYU Runidan hujum ortida foydalansa kerak. U pleymeyker joyida juda havfli. Agar Runi shu joyga ko'niksa, besh-olti mavsumni yuqori darajada o'tkaza oladi" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal