Xavi: "Ronalduning fikri to'g'ri emas"

Tolibjon Qosimov
24 mar 2014, 15:37
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi Ernandes "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:3) o'z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "Real"ning bir qator futbolchilari 2ta penalti belgilagan va Serxio Ramosni chetlatgan hakamni tanqid qilishdi.

"Ronaldu Serxio Ramosni chetlatilgani o'yinga ta’sir qilgan deb aytdi, bu xato fikr. Biz madridliklardan kuchli o'ynadik, shu bois yutdik.

Agar hakamlik haqida gaplashsak bizning darvozamizga belgilangan penalti ham yo'q edi, Daniel Alves Ronalduni jarima maydoni tashqarisida yiqitgandi. Shu bois hakamlik haqida emas futbol haqida gaplashaylik. Chempionlikka yana uchta klub da'vogarlik qilayotgani ajoyib", - deydi Xavi A Bola nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net