Xavi: "PSJ ehtimol katta transferlar sabab favoritdir. Ammo, "Barsa" tomonida tarix, CHLdagi sovrinlar turibdi"

Alisher
17 mar 2024, 00:40
Xavi Chempionlar ligasi chorak final o'yini haqida gapirdi.

PSJ "Barselona" bilan Chempionlar ligasi 1/4 finalida to'qnash keladi.

"Bilamizki PSJ amalga oshirgan ulkan transferlari sabab ehtimol favorit hisoblanar. Ammo, bizning tomonimizda tarix, Chempionlar ligasidagi sovrinlar borligini unutmang.

Biz raqobatlasha olishimizga ishonchim komil, qo'limizdan kelgan barchasini qilamiz", – dedi Xavi.

"Barselona" Chempionlar ligasida 5 bor g'olib chiqqan. PSJ esa biror marta ushbu turnirda g'alaba qozonmagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano