Xavi Osiyoga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
3 may 2025, 16:34
Xavi Saudiya Arabistoni klubini boshqarishi mumkin.

45 yoshli mutaxassis "Al Hilol" bosh murabbiyligiga da'vogarlardan biri hisoblanadi.

Avvalroq, Saudiya klubi Jorje Jezushni iste'foga chiqargan edi.

Xavi "Barselona"ga 2021 yilning noyabr oyida bosh murabbiy etib tayinlangan va 2024 yilning iyunida klubni tark etgandi, mutaxassis o'shanda beri ishsiz yuribdi.

"Al Hilol" joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal