Xavi: "Martinoni noo'rin tanqid qilishmoqda"

Tolibjon Qosimov
5 fev 2014, 20:41
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi klub bosh murabbiyi Xerardo Martinoga tanqidlar bo'laverishini aytib o'tdi.
– Gvardiola boshchiligida "Barselona" ajoyib futbol namoyish etardi, bundan tashqari ijobiy natijalar qo'lga kiritilar edi. Jamoa eng yuqori cho'qqida edi. O'sha vaqt bilan taqqoslashdan qochish qiyin. Bu Martinoga tanqidlar bo'laveradi degani. Biroq u kuchli xarakterga ega. U "Barsa"ga nima kerakligini biladi.

Sovrinlarga kurashadigan kuchli jamoa bo'lib qolaveramiz. Bu eng muhimi bo'lsa kerak, – deydi Xavi sport.es nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net