Xavi LaLiga klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 may 2019
"Barselona"ning afsonaviy yarim himoyachisi, hozirda "Al-Sadd" sharafini himoya qilayotgan Xavi "Betis"ni boshqarishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xavi UEFA murabbiylik licenziyasini olish uchun o'qishni boshlab yuborgan. "Betis"ning amaldagi ustozi Kike Seten yozda klubni tark etadi. Klub rahbariyatining fikricha, Xavi "Betis" bosh murabbiyi bo'lishga qodir.

Xavi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es