Xavi Gavini qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
1 apr 2023, 10:17
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoa yarim himoyachisi Gaviga nisbatan tanqidlar oqimiga javob qaytardi.

"Gaviga qarshi kampaniya haqida hech narsa bilmayman. U ehtirosli, juda dadil futbolchi. Menimcha, muammo Gavining "Barsa" futbolchisi ekanligidan chiqyapti. Agar u boshqa klubda o'ynasa, bu fazilat sifatida qabul qilingan bo'lardi.

Ayni paytda u Ispaniyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri va shubhasiz, dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca