Xavi: "G'alaba qozonish uchun hatto Messiga ham jamoa kerak"

11 iyun 2019, 01:10
"Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi "Barselona" uchun o'ynagan paytlarini esladi.

– Siz 4 marta UEFA Chempionlar ligasi va bir marotabadan Jahon hamda Yevropa chempionatlarida g'olib bo'lgansiz. Afsuslanadigan yana biror narsa qoldimi?

– O'ylashimcha, men o'ynagan davrda "Barchelona" yanada ko'proq YCHLni yuta olardi. Muvaffaqiyatga erishish uchun raqiblarga nisbatan juda ko'p yaxshi o'yinlar o'tkazdik va o'z gegemonligimizni o'rnatdik. Shunday bo'lsa ham 4 ta YCHL bosh sovrini etarli emas, bir qancha titullarni boy berdik. 

 – Messi bo'lmagan jamoada o'ynaganingizda, "Oltin to'p"ni yutgan bo'larmidingiz?

– Bilasizmi, Messisiz bunchalik ko'p sovrinlar yutmagan bo'lardik va men ham "Oltin to'p" nomzodlari uchligiga ham kiritilmas edim. G'alaba qozonish uchun hatto Messiga ham jamoa kerak. Tez-tez Messining yordamisiz "Barselona"da hech narsa amalga oshmaydi. Jamoa – eng muhimi. Lekin, Messi bo'lmaganida hamma finallarni, yarim final va chempionat bahslarini yutmagan bo'lardik, – deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru