Xavi: “Dele Alli Gvardiola o'yin uslubiga mos keladi”

Aslanov Jasurbek
26 apr 2017
“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Xavining aytishicha, “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola yangi mavsumda o'z jamoasi safiga “Tottenxem” futbolchisi Dele Allini ko'rmoqchi.

“Men Pep bilan suhbatlashib turaman va bilamanki uning uchun jamoasiga ingliz futbolchilarini qo'shib olish juda muhim. Transferlar oynasi ochilgan paytda u jamoasi safini kuchaytirishi uchun butun Yevropadagi eng iqtidorli futbolchilarni kuzatadi. Ayni paytda Dele Alli dunyondagi eng yaxshi ingliz futbolchilaridin biri hisoblanadi. Texnikasi tomondan  ham uning uslubi Pepnining taktikasiga mos tushadi. Qolaversa, Gvardiolaga ham Allining o'yinlari manzur bo'lmoqda.

Albatta, “Tottenxem” ham bunday saviyadagi futbolchini osonlik bilan qo'yib yubormaydi. Ammo “ManSiti”ning bu borada imkoniyatlari yuqori”, deydi Xavi.

21 yoshli Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi ikkinchi yil qatorasiga APLning eng yaxshi yosh o'yinchisi sovrinini qo'lga kiritdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun