
"Jahonning eng yaxshi klubida qolganimdan xursandman. "Barselona"da 25 yil o'ynasang va ularning 17 yilini asosiy jamoasida o'tkazsang, bu bilan g'ururlanasan. "Barselona"da o'tkazgan butun vaqt davomida, o'zimni baxtli his qilganman. Hozir ham veteran va sardor sifatida o'zimni yaxshi his qilyapman" - deydi Xavi.
Xavi Primeroning 27-turida "Eybar"ga qarshi maydonga chiqsa, u "Barselona" safida 750 uchrashuvda maydonga tushgan bo'ladi.