Xavi “Barselona”dan haydalsa, uning o'rnini kim egallashi ma'lum

Khoja
16 yanv 2024
“Barselona”ning natijalari yaxshi emasligi sababli jamoa bosh murabbiyi Xavi iste'foga chiqarilishi mumkin.

Agar ispaniyalik mutaxassis kataloniyaliklar safini tark etsa, uning o'rniga “Barselona Atletik” bosh murabbiyi Rafael Markes olib kelinadi.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” so'nggi uchrashuvida “Real Madrid”ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi va Superkubokni qo'ldan chiqardi. Shuningdek, Ispaniya chempionatining amaldagi chempionlari hozirda turnir jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda.

Ma'lumot uchun, Rafael Markes futbolchilik faoliyatining eng zo'r davrlarini aynan Kataloniyada o'tkazgan. Meksikalik mutaxassis “Barselona”dagi etti yillik faoliyati davomida to'rt marta Ispaniya chempioni, ikki marta Chempionlar ligasida g'oliblikni qo'lga kiritgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com