Xavi "Barselona"da YCHLdagi 6 ta o'yinning bittasidagina g'alaba qozona oldi

Aziz Tukhtamuradov
13 okt 2022, 07:30
"Barselona" Xavi qo'l ostida Chempionlar ligasida faqatgina bitta uchrashuvda g'alaba qozondi.

Tunda o'tkazilgan 4-tur uchrashuvida kataloniyaliklar "Inter" bilan 3:3 hisobida durang qayd etishdi. 

2021 yilning noyabridan buyon Xavi "Barsa" bilan YCHLdagi 6-uchrashuvini o'tkazdi. Bu oraliqda jamoa uchta mag'lubiyat ("Bavariya"ga ikkita va "Inter"ga), bitta durang ("Benfika") va bitta g'alaba ("Viktoriya Plzen") qayd etdi. 

"Barsa"ning keyingi uchrashuvi 26 oktyabr kuni "Bavariya"ga qarshi o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia