Xavi "Barselona" uchun mavsumdagi eng og'riqli holatlarni aytdi

Mirjalol Normatov
26 fev 2023, 14:14
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi ushbu mavsumda jamoasi uchun eng og'ir bo'lgan holatlarni aytib o'tdi.

"Ushbu mavsumdagi eng og'riqli holat - YCHLdan chiqib ketganimiz bo'ldi. Yevropa ligasidan ham chiqib ketganimiz juda alam qildi, biroq biz Ispaniya chempionati va kubogida g'oliblik uchun kurashni davom ettiryapmiz, demak, sovrinlar yutish imkoniyatimiz bor. Yutqazish yoqimsiz, ammo biz kurashdan chiqmadik.

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlardagi omadsizliklar keyingi o'yinlarda jamoaga ta’sir qilmasligi uchun harakat qilaman. "Santyago Bernabeu"dagi mag'lubiyatdan keyin LaLigada yaxshi poziciyaga chiqib olganimizni tushunishimiz kerak", - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As