

Balki Barselonaning joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinlardan biridir. Bugungi o'yin Napoliga qarshi bahsni eslatib yubordi. Biz bugun yaxshi harakat qildik. Leva ajoyib o'yin ko'rsatdi, bu maqtovlarni Fermin va Jouaga ham ishlatsak bo'ladi. Biz bugun zo'r hujum tashkil qildik, raqibning bo'sh zonalarini yaxshi topdik. Bugungi uchrashuv biz uchun ideal bo'ldi.
Biz Barselonamiz va biz hech qachon kurashdan voz kechmaymiz. Men har qachongidan ham ko'proq futbolchilarimga bosim o'tkazishda davom etaman. Biz ikkita muhim musobaqada yaxshi ishtirok etishimiz kerak. Biz tarkibdagi futbolchilardan ko'proq narsa talab qilishimiz kerak , - dedi Xavi.
Barselona kechagi g'alabadan so'ng La Liganing turnir jadvalida 2-pog'onaga ko'tarilib oldi.



