

"Barselona" bosh murabbiyi "Atletiko"ga qarshi bahsning (3:0) birinchi bo'limida chetlatilgan edi. Hakam bilan bahslashgan Xavi 2 daqiqa ichida 2ta sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Xavini 2ta o'yinga chetlatishga qaror qildi. Kataloniya klubi ushbu qaror bo'yicha federatsiyaga etiroz bildirmoqchi.
Agar jazo o'zgarmasa, Xavi "Las-Palmas" va "Kadis"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuborib, "Real" bilan o'yinda jamoani boshqara oladi.



