
O'yin 2 oktyabrda "Etixad" stadionida Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadi.
"Bu derbining bir qismi bo'lish hayratlanarlidir. Manchestyerda ikki ajoyib jamoa bor. Men bu yerda anchadan beri bo'lganim uchun o'zimni Manchesterning bir qismi sifatida his qilyapman. Biz derbiga navbatdagi o'yin sifatida qarab, unda uch ochko ishlab olishimiz kerak. Ayniqsa, uyda o'ynashimizni hisobga olsak. G'alaba qozonish qo'limizdan keladi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng undan rohatlanamiz degan umiddaman" - deydi Xart.