Xans-Yoaxim Vatcke: Xummels? Biz Levandovskini 25 millionga sotishimiz mumkin edi. Biroq sotmadik va natijada 50 milliondan ko'proq ishladik

4 apr 2015, 23:57
Borussiya D klubi ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke Mats Xummelsning jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabatini bildirib o'tdi.
Mats Xummels borasida hech qanday rasmiy takliflar bo'lgani yo'q. Agarda bo'lsa, unda stol atrofida buni hal qilamiz. Dortmunda har yili shunday holat yuz beradi. Har yili bir yetakchi futbolchimiz jamoadan ketadi. Lekin "Borussiya D" futbol o'ynashda davom etadi. Xummels vaziyatni juda yaxshi biladi va shartnomada bu ko'rsatilgan. Uning keyingi mavsumni qayerda o'tkazishini "Borussiya D" hal etadi. Levandovskini ham 25 million evroga sotishimiz mumkin edi. Biroq sotmaganmiz va natijada 50 million evrodan ko'proq ishlab olgandik. Bu yerda ham shunga o'xshash holat.

Manba: sports.ru