Xandanovich "Lacio"ga o'tishi mumkin

Alisher
28 dek 2021
"Inter" darvozaboni Samir Xandanovich klubini o'zgartirishga yaqin.

37 yoshli sloveniyalik posbonning xizmatlariga Rimning "Lacio" klubi qiziqish bildirmoqda.

Darvozabon "burgutlar"ga tekinga tushishi mumkin, sabab uning milanliklar bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Xandanovich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 15ta to'p olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes