Xames Rodriges: "Ushbu mavsumda omad bizdan yuz o'girdi"

Aziz Tukhtamuradov
24 may 2015, 16:00
"Real" futbolchisi Xames Rodriges "Xetafe"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng (7:3) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoamiz bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. G'alabaga loyiq edik. Ispaniyadagi ilk mavsumimdan qoniqdim. Albatta, sovrin yutishni istagandim. YCHLda ham finalga chiqishga yaqin edik. Biroq, ushbu mavsumda omad bizdan yuz o'girdi. O'ylaymanki, keyingi mavsumni yanada yaxshi o'tkazamiz", - deydi futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net