Xames Rodriges faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettirishi mumkin

Alisher
7 may 2022
"Inter Mayami" xo'jayini Devid Bekxem "Al Rayyan" va Kolumbiya terma jamoasi xavbeki Xames Rodrigesni o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Klub va futbolchining vakillari muzokaralarga kirishishdi va ehtimoliy hamkorlik shartlarini muhokama qilishmoqda.

Rodrigesning "Al Rayyan" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum Qatar jamoasi tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun