Xames Rodriges Chili bilan bo'lgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

Alisher
29 iyun 2019, 10:43
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Twitter"da o'yindan so'ng fikrlarini yozib qoldirdi.

Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges Kopa Amerika 1/4 final doirasidagi mag'lubiyatdan so'ng o'yinchilarning umidsizlikka tushib qolganini aytdi.

"Afsuslanish - hozir biz his qilayotgan narsadir. Hayot shunday, futbol davom etadi. Hozir boshni tik ko'targan holda olg'a intilishimiz kerak. Bugun barcha o'yinchilar oxirigacha kurashdilar", - deydi Xames.

Eslatib o'tamiz, Xames yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/jamesdrodriguez