Xames: "Real" PSJni Chempionlar ligasidan chiqarib yuboradi"

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2018, 12:46
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Real" va PSJ o'rtasida bo'ladigan Chempionlar ligasi 1/8 final bahslari haqida fikr bildirdi.

"Real" hozir og'ir damlarni boshidan o'tkazmoqda, ammo mavsum uzoq. Jamoa vaziyatni o'nglashi mumkin. "Real" parijliklarni Chempionlar ligasidan chiqarib yuboradi deb o'ylayman. PSJ - kuchli jamoa, ammo "Real" Chempionlar ligasida boshqacha o'ynaydi. Finalda "Real" va "Bavariya" juftligini ko'rsak yomon bo'lmasdi" - deydi Rodriges.

"Real" va Fransiya klubi o'rtasidagi ilk bahs 14 fevral kuni "Qirollik klubi" maydonida, javob bahsi esa 6 marta bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito de Jugones