Xakimi "Real"ga qaytishga tayyor

Alisher
10 mar 2020, 14:00
"Borussiya" (Dortmund) himoyachisi Ashraf Xakimi Madridga qaytishni xohlamoqda.

Marokashlik futbolchining transfer huquqi "Real"ga tegishli, u Dortmund jamoasida ijara asosida o'ynamoqda.

"Zidan menga professional futbolchi bo'lish uchun ishonch berdi. Men uning menga bildirgan ishonchi uchun minnatdorman.

Madrid - mening uyim. U er menga juda ham yoqadi. Agar klub xohlasa, men qaytaman. Agar buning aksi bo'lsa, unda men o'z tariximni boshqa bir ajoyib jamoada yozishga majbur bo'laman", - deydi Xakimi.

Xakimi joriy mavsum Bundesligada 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Téléfoot