Xakim Fuzaylov: “Bugun ilk bor barcha rejalarimiz o'zini oqlagan o'yin bo'ldi”

Iskandarov Abdulaziz
25 sen 2024, 10:00
Pro-liganing 21-turidan o'rin olgan “Xorazm” - “Aral” (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Xakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yigitlarga raxmat aytaman, bugun ular barcha ko'rsatmalarni to'g'ri va aniq bajarishdi. Natijadan va o'yinimizdan qoniqdim. Yaxshi derbi bo'ldi. Bugun ilk bor barcha rejalarimiz ish bergan o'yin guvohiga aylandik. Jamoa poydevorini to'g'ri qo'yish joriy mavsumdagi asosiy maqsadlarimizdan biri. Chempionatni munosib tugatish va jamoa poydevorini mustahkam shakllantirib olishimiz kerak. Oldinda bunga etarlicha fursatimiz bor. Klub rahbariyati va jamoa muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

- “Xorazm” jamoasi muntazam bir xil tempda o'ynay olmayotganiga sabab nimada?

- Diskvalifikaciya va jarohatlar. Doim bir xil tarkib bilan o'ynay olmayapmiz. Yana turlicha sabablar bor. Masalan tayyorgarlik uchun yaxshi maydon yetishmayapti. Markaziy stadionda mashg'ulot o'tkazishning har doim ham imkoni yo'q.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia