Xayrullo Abdiev: "Futbol kurashlarga boy sport turi"

Aslanov Jasurbek
19 may 2015, 21:16
"Bunyodkor" - "Obod" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hayrulla Abdiev ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

."Bugungi o'yin qiziqarli kurashlarga boy bo'ldi. "Bunyodkor" kuchli futbolchilar to'p tepadi. Jamoamning o'yinidan qoniqdim. Birinchi o'yindagi minimal mag'lubiyatni o'z uyimizda yo'qqa chiqarib, g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz" - deb gap boshladi Abdiev.

Siz oliy ligaga chiqmoqchisiz, agar yuqori ligaga chiqsangiz shu tarkib bilan davom etasizmi?

O'zgarishlar bo'ladi, homiylarmiz ham qarab turmaydi deb o'ylayman. 

Jamoangiz qo'pol o'ynadi, sizning ko'rsatmangiz shunday bo'lgan edimi?

O'yin kurashlarga boy bo'ldi, ammo jamoam qo'pol o'ynadi deb o'ylamayman. Futbol kurashlarga boy sport turi.

Jamoaning maqsadi?

Keyingi bosqichga yo'l olish.

Bugungi o'yinga qarab birinchi liga va oliy liga o'rtasida qanday farq bor deb o'ylaysiz?

Fikrimcha, farq yo'q. Bugun odatiy o'yinimizni namoyish etdik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: сhampionat.asia