

Eslatib o'tamiz, Alonso Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinda (2:1) Vinisiusning o'rniga Rodrigoni tushirdi, bu harakat braziliyalik futbolchini juda norozi qildi.
"Vinisius jazolanmaydi. Bu masalani yopiq deb hisoblash mumkin. U barchaning oldida chin ko'ngildan uzr cho'radi", – dedi Alonso.
25 yoshli Vinisius joriy mavsum barcha musobaqalarda 13 o'yinda qatnashib, 5 ta to'p kiritdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ertaga, 1 noyabr kuni "Real" Ispaniya chempionatining 11-turida "Valensiya"ni qabul qiladi. Uchrashuv shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi.



