Xabi Alonso shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
4 avg 2023, 19:16
"Bayer" klubi o'z matbuot xizmati orqali bosh murabbiy Xabi Alonso bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Tomonlar 2026 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekishdi. Bungacha kelishuv 2024 yil yozigacha davom etardi.

"Klubdagilarning menga bildirayotgan ishonchidan mamnunman. Maydondagi g'oyalarimiz orqali klub va jamoa, men o'rtamizda anchagina yaqin munosabatlar rivojlandi. Bu yo'limiz klubdagilarga maqul kelmoqda", - dedi Alonso.

Xabi o'tgan yilning oktyabr oyida "Bayer" bosh murabbiyiga aylangandi. Uning qo'l ostida jamoa Yevropa ligasi yarim finaliga qadar bordi va "Roma" to'sig'idan o'ta olmadi.

Shuningdek, uning jamoasi o'tgan mavsum Bundesligada 6-o'rinni egalladi va Konferenciyalar ligasida ishtirok etadigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/bayer04_en