Xabi Alonso keyingi mavsum ham "Bayer"da qolishini e'lon qildi

Administrator
29 mar 2024
Murabbiyga katta klublardan taklif bo'layotgandi.

"Bayer" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso keyingi mavsum ham klubda qolishini e'lon qildi.

"Bayer"dagi ishim tugagani yo'q. Men klubga yordam berishni, o'yinchilarga rivojlanishga ko'maklashishni istayman. Klub rahbariyatni ajoyib insonlar, bu yerda hamma narsa fantastik. Men hali ham yosh murabbiyman. O'ylaymanki, klubda qolish men uchun eng yaxshi qarordir. Tanlovda shoshganim yo'q va bunga aminman", -deydi Xabi Alonso.

Ma'lumot uchun, Xabi Alonsoga "Liverpul", "Bavariya" va "Real Madrid" klublari qiziqish bildirayotgandi.


AdministratorMuallif
Manba: Bild