Winter Cup. Umarov va Yaxshiboev to'p tepayotgan "Ordabasi" turnir g'olibiga aylandi

Оқил Абдубарноев
22 fev 2024, 23:33
Turnir g'olibiga qancha mukofot berilishi ma'lum bo'ldi.

Shahboz Umarov va Jasur Yaxshiboevlar to'p tepadigan Qozog'istonning "Ordabasi" klubi Winter Cup musobaqasining hal qiluvchi uchrashuvida "Tobol" bilan bellashdi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa "Ordabasi" 7:6 hisobida zafar quchdi.

"Ordabasi" - "Tobol" 0:0 (penaltilar seriyasi - 7:6)

"Ordabasi": Shayzada, Malyy, Plastun, Tursinbay, Sexovich, Jarinbetov, Reginaldo, Cvek, Umarov, Tung'ishbaev, Yaxshiboev.

"Tobol": Busurmanov, Asrankulov, Ndiaye, Gabaraev, Tapalov, El Messaudi, Conev, Valiullin, Ivanovich, Chesnokov.

Eslatib o'tamiz, kubok g'olibi 60 million, finalchi esa 40 million qozoq tengisi bilan taqdirlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia