

"WhoScored" nashri Chempionlar ligasi uchinchi tur ramziy terma jamoasini tuzdi. E'tiborli tomoni, nashr tur ramziysiga dubl qayd etgan "Liverpul" yetakchisi Muhammad Salah va "Atletiko"ga qarshi bahsda 3ta golli pas bergan "Borussiya D" himoyachisi Ashraf Hakimilarni kiritmadi.
Eslatib o'tamiz, "WhoScored" o'yinchilarning o'z poziciyalaridan kelib chiqqan holda statistik ko'rsatkichlari bo'yicha baholaydi.
"WhoScored" talqiniga ko'ra YCHLda hafta ramziy terma jamoasi




